Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi maʼlum qildi.

Qömita maʼlumotiga köra, Koksaki virusi enteroviruslar guruhiga mansub yuqumli kasallik qözğatuvçisi hisoblanadi. Hozirda uşbu virusning 30 ga yaqin turi maʼlum.

Kasallik bolalarda quyidagi alomatlar bilan namoyon bölişi mumkin:

  • tana haroratining 39–40 darajagaça kötarilişi;
  • limfa tugunlarining şişişi;
  • köngil aynişi va qayt qiliş;
  • kuçli boş oğriği;
  • tanada toşmalar paydo bölişi;
  • oğiz, til va milkda oğriqli yaralar hamda pufakçalar paydo bölişi;
  • tomoq oğriği va ovqatlanişdan boş tortiş.

Enterovirusli infeksiyalar bir neça yöl bilan yuqişi mumkin. Jumladan, havo-tomçi yöli, iflos qöllar va öyinçoqlar, umumiy foydalaniladigan idiş-tovoqlar orqali tarqaladi. Şuningdek, bemor terisidagi pufakçalar suyuqligi va ajralmalari bilan bevosita aloqa qiliş ham yuqiş xavfini keltirib çiqaradi.

Sanepidqömita enterovirusli infeksiyalarning oldini oliş uçun şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, qöllarni muntazam ravişda sovun bilan yuviş, xavfsiz içimlik suvidan foydalaniş va sanitariya-gigiyena talablariga amal qiliş muhimligini eslatdi.

Şuningdek, qömita fuqarolarni kasallikka oid maʼlumotlarni faqat rasmiy manbalardan olişga çaqirdi.