Bunda ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ham ishtirok etishi mumkin.

Qo‘shimcha tanlovda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2026 yil 22 avgustdan 28 avgustgacha (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.

Abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin.

Vakant o‘rinlarga abituriyentlar to‘plagan ballari yuqoriligi ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talaba bo‘lish uchun tavsiya etiladi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.