FIFA Jahon chempionati guruh bosqichining 1-tur yakunlariga ko‘ra, maydonda eng yuqori tezlik qayd etgan futbolchilar reytingini e’lon qildi. Undan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi.

BBC keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Husanov guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda soatiga 36,5 kilometr tezlikka erishgan. Bu natija unga eng tezkor futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni bo‘lishish imkonini berdi.

Reytingda birinchi o‘rinni Avstraliya terma jamoasi futbolchisi Jordan Bos egallagan bo‘lib, u 36,7 km/soat tezlik qayd etgan. Husanov esa Norvegiya hujumchisi Erling Holand bilan bir xil natija ko‘rsatgan.

Shuningdek, o‘zbekistonlik himoyachi Janubiy Koreya terma jamoasi sardori Son Hyon Min hamda Fransiya yulduzi Kilian Mbappedan yuqori natija qayd etdi. Ularning tezligi mos ravishda 35,2 va 35,1 km/soatni tashkil qilgan.