«Ipak yoʻli» sanoat zonasida investor texnikum ochib, oʻquvchilarga taʼlim bilan birga stipendiya va ish berayotganі ijobiy tajriba sifatida qayd etildi.

Oliygoh va texnikumlarning amaliy kafedralarini 46 ta sanoat zonasi va 56 ta yirik korxona hududiga koʻchirish, yengil konstruktsiyali oʻquv xonalarini tashkil etib, yil yakunigacha dual taʼlimni kamida 80 foizga yetkazish topshirildi.

Qariyb 7,5 milliard dollarlik yangi loyihalar energetika, gidrotexnika, elektronika, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va logistika boʻyicha muhandislarga talabni oshiradi.

Shu bois, Andijon texnika instituti transformatsiya qilinadi. Xorijlik menejer va professor-oʻqituvchilar jalb qilinib, taʼlim dasturlari va yoʻnalishlari yangilanadi.

Institutda alohida dizaynerlik fakulteti ochilib, dual taʼlim asosida sanoat korxonalariga biriktiriladi. Buning uchun 25 milliard soʻm ajratiladi.