Tatariston bilan hamkorlikda Gʻelondagi togʻ-changʻi kurortining birinchi bosqichini kelasi yil ishga tushirish rejalashtirilgan. Tabiati bilan Gʻelonga oʻxshash Chiroqchidagi Taragʻay, Kitobdagi Bashir va Yakkabogʻdagi Tatar qishloqlarini ham etnoturizm markazlariga aylantirish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi. Shahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtushar qishloqlarida togʻ daryolari negizida rafting va sport turizmini rivojlantirish mumkin.

Mutasaddilarga ushbu olti qishloq boʻyicha bir oyda master-reja tayyorlab, 1-martdan 50 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.

Shuningdek, har bahor Gʻuzorda “Lola va kabob”, Koʻkdalada “Chiyal yaxna” gastronomik festivallarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.