Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Efiopiya Prezidenti O‘zbekistonning mamlakatdagi elchisi tayinlanganini mamnuniyat bilan qabul qildi. U ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanishi va amaliy hamkorlikning yanada kengayishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston elchisi o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu tilaklari va samimiy salomini yetkazdi hamda o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Efiopiya yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va o‘zining ezgu tilaklarini yo‘lladi.