Kazinform agentligining H. Dospanova nomidagi xalqaro aeroport ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, birinchi reysni 22 noyabr kuni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yangi aviaqatnov Atyrau va Nukus o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini ta’minlab, yo‘lovchilarga ikki shahar o‘rtasida qulay safar qilish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, avval mazkur yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov mavjud bo‘lmagan.