Qonunning maqsadi Uzbekistonda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, ulardan foydalanish va yo‘l faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari quyidagicha tasniflanadi:

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;

shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari (ichki avtomobil yo‘llari);

xo‘jalik avtomobil yo‘llari.

Avtomobil yo‘llari foydalanish rejimiga ko‘ra bepul yoki belgilangan tartibda pulli bo‘lishi mumkin.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki bo‘lib, ular Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ixtiyorida bo‘ladi va cheklanmagan doiradagi shaxslarning transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangandir.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi ajratilgan mintaqaning minimal o‘lchamlari quyidagilardan iborat:

І toifa avtomobil yo‘llarida - 80 metr;

II toifa avtomobil yo‘llarida - 60 metr;

III va IV toifa avtomobil yo‘llarida - 40 metr;

V toifa avtomobil yo‘llarida - 25 metr.

Yo‘l bo‘yi mintaqasi - bu ajratilgan mintaqaga ikkala tomonidan tutashgan, chegaralarida transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasidir.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organdir.