Seshanba kuni Tez Jet aviakompaniyasiga tegishli, Bishkekdan Osh shahriga yo‘l olgan samolyot parvoz vaqtida favqulodda holatga uchradi. Samolyotning orqa shassilaridan biri sinib qolgani oqibatida havo kemasi yon tomonga og‘ib ketgan. Hodisa sababli Qirg‘iziston poytaxtidagi “Manas” xalqaro aeroportidan amalga oshiriladigan barcha reyslar vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar berdi ria.ru.

“Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Ular orasida yengil jarohatlangan va lat yeganlar bor. Hozirda Osh yo‘nalishi bo‘yicha keluvchilar zalida tibbiyot xodimlarimiz birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, og‘ir jarohat olganlar yo‘q. Barcha xizmatlarimiz ish olib bormoqda”, dedi matbuot xizmati vakili.