Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalar ijrosi yuzasidan tahliliy ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isoqulov avvalroq boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan edi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga ayni vaqtda «Agrobank» ATB Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Murod Ilhomovich Abdazimov nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi M. Abdazimov nomzodini qo‘llab-quvvatlab, uni tuman hokimi etib tasdiqladi.