Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan:
- davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun:
haftada 1 kun pedagogika oliy ta’lim tashkilotida;
5 kun maktabgacha ta’lim tashkilotida to‘lov-shartnoma asosida mazkur yo‘nalishda bakalavriat bosqichida dual ta’lim shaklida o‘qish joriy etiladi.
Bunda o‘qishga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kamida 3 yil davomida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar test sinovlari asosida qabul qilinadi.
Dual ta’lim shaklida maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlariga faqat tegishli hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinadi.
2028/2029 o‘quv yilidan O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining, 2029/2030 o‘quv yilidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga o‘z xohishiga ko‘ra kasbiy sertifikatlsh sinovlarida bepul ishtirok etish imkoniyati beriladi.