Markazning tashkil etilishi Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi taʼlim, ilm-fan, innovatsiya hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlar uchun xalqaro tajriba almashinuvi va yangi imkoniyatlarni kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
Tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kenji Xirata, Yaponiya elchixonasi maslahatchisi Kuriya Sutaki, JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Mamoru Sakay, JICA loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha konsultant Naomi Abe, Oʻzbekiston–Yaponiya markazi hamdirektorlari Xiro Ivazaki va Alisher Azizovich Paygamov, markaz koordinatori va JICA vakili Xeyzo Nakamura, Oʻzbekiston–Yaponiya markazining milliy koordinatori Ulugʻbek Ahmadovich Azamov, Sukuba universiteti professori Vakana Yamaguchi, yapon tili professori Shoko Takada, Oʻzbekiston–Yaponiya markazining Buxoro shahar vakolatxonasi direktori Shaxruh Kamolovich Mahmudov hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Markaz faoliyati orqali yoshlar uchun yapon tilini oʻrganish, Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishish, xalqaro tajriba almashish, ilmiy va innovatsion loyihalarda ishtirok etish, shuningdek, taʼlim va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish boʻyicha qulay sharoitlar yaratiladi.
Oʻzbekiston–Yaponiya markazi Buxoro davlat texnika universitetida xalqaro hamkorlik, taʼlim va madaniy almashinuvning yangi platformasi sifatida faoliyat yuritadi. U ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hamkorlik materiali