Unda shahar hududidagi dorixonalardan birida hujjatlarsiz “Kabiven” nomli dori vositasini 1,8 million so‘mga sotayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.
Shundan so‘ng, dorixona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, u yerda tegishli hujjatlarsiz hamda o‘zbek tilidagi markirovkaga ega bo‘lmagan 114 turdagi jami 650 quti dori vositalari borligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu kontrafakt dori vositalarining umumiy qiymati 390 million so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.