Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.Sh.” MChJ rahbari B.Y. “Yangiobod” MFY hududidagi dorixonasida umumiy bahosi 452 mln so‘mlik 1 011 turdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Y.Ph.” MChJ rahbari M.Sh. Yangihayot tumanidagi dorixonasida “Tetsentrik” nomli dori vositasini 9 150 AQSh dollariga shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan umumiy bahosi 309,3 mln so‘mlik 41 turdagi sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yana bir holat, “Ph.P.” MCHJ mas’ul shaxslari “G‘ofir Diyor” ko‘chasidagi dori vositalarini qadoqlash sexida umumiy bahosi 139,4 mln so‘mlik davlat reyestrida qayd etilmagan, muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan 100 turdagi dori vositalarini saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.