"Dunyo" AAning ma’lum qilishicha, hamyurtimiz Rossiya migratsiya qonunlarini buzgani oqibatida uning ikki oylik go‘dagi vasiylikka olinib, Novosibirsk shahridagi “Rassvet” bolalar va o‘smirlar reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi vaziyatdan xabar topgach, muammoni hal etish uchun tezkor choralarni ko‘rdi.

Diplomatlar xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi hamda reabilitatsiya markazi vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Natijada ona va bolaning vatanga qaytishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida Bosh konsulxona vakillari chaqaloqni reabilitatsiya markazidan olib, Novosibirsk aeroportida kutib turgan onasi bag‘riga topshirdi.

Ona va bola 28 avgust kuni Rossiya aviakompaniyasi reysi bilan Toshkentga qaytarildi.