Xususan, Jinoyat kodeksining 261¹-moddasiga kiritilayotgan özgartirişlarga köra, transport vositasini mast holda takroran boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda. Maʼlumotlarga köra, bunday huquqbuzarliklar soni 2024-yilda 11 994 tani, 2025-yilda esa 13 521 tani taşkil etgan.
Şuningdek, voyaga yetmaganlarga transport vositasini boşqarişni topşirganlik uçun ham javobgarlik kuçaytirilmoqda. 2025-yilda 14 yoş va undan kiçik yoşdagi şaxslar iştirokida 168 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga yangi 261³-modda kiritilmoqda. Unga köra, bunday harakat oqibatida örtaça oğir yoki oğir tan jarohati yetkazilsa, уч yilgaça ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazolar qöllanişi mumkin. Agar odam ölimi yoki boşqa oğir oqibatlar yuzaga kelsa, uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmoqda. Maʼmuriy tartibda esa 50 BHM jarima yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq belgilanmoqda.
Tezlikni oşirganlik uçun jarimalar ham oşiriladi. Jumladan, belgilangan tezlikni 40 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun 25 BHMgaça, 60 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun 45 BHMgaça jarima qöllaş taklif etilmoqda. Tezlikni 80 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun esa 65 BHM jarima va transport vositasini boşqariş huquqidan olti oyga mahrum qiliş belgilanmoqda.
Qayd etilişiça, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida tezlikni 40–60 km/soatga oşiriş bilan boğliq 19 719 ta holat aniqlangan.
Bundan taşqari, yöl bezoriligi, noqonuniy avtomobil poygalari, xavfli manyovrlar, drift qiliş va harakatning boşqa iştirokçilariga qasddan tösqinlik qiliş uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda. 2025-yilda 604 ta, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida esa 572 ta yöl bezoriligi bilan boğliq huquqbuzarlik qayd etilgan.
Senatorlar taʼkidlaşiça, qonundan közlangan maqsad nafaqat jazolarni kuçaytiriş, balki xavfli qoidabuzarliklarning oldini oliş, haydovçilar masʼuliyatini oşiriş va yöllarda inson hayotini muhofaza qilişdan iborat.
Muhokamalardan söng qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.