Ayniqsa, ekinzorlar, o‘rmonlar, daraxtlar va boshqao‘simliklarni shikastlantirish yoki nobud qilishholatlari tobora ko‘payib borayotgani jiddiy tashvishuyg‘otmoqda. Ekinzorlar, o‘rmonlar va o‘simliklar – bu bizning kelajagimizdir. Ularni asrash orqali biz nafaqat bugungi hayotimizni, balki kelajak avlodlarfarovonligini ham ta’minlaymiz. Har bir kichik harakat– katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Tabiatga zarar yetkazish ko‘pchilik tomonidanoddiy beparvolik yoki e’tiborsizlik natijasi sifatidabaholanadi. Biroq ekinzorlar, o‘rmonlar, daraxtlar vaboshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoki nobud qilishnafaqat ekologik muammo, balki jinoiy javobgarlikkasabab bo‘ladigan huquqbuzarlik hamdir.
Jinoyat kodeksining 198-moddasida ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarnishikastlantirganlik yoxud nobud qilganlik uchunjavobgarlik belgilangan.
2026-yilning 25-mart kuni “OʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasinikuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilonafoydalanishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha vaoʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi O‘zbekistonRespublikasining OʻRQ-1124-son Qonuni qabulqilindi. Mazkur Qonunga ko‘ra, 2026-yilning 28-iyun kunidan boshlab ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarnishikastlantirganlik yoxud nobud qilganlik uchun jazochoralari kuchaytiriladi. Ya’ni:
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlishnatijasida ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yokiboshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobudqilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yokiboshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — “bazaviyhisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuzbaravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuzoltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxuduch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”;
Oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarniqonunga xilof ravishda kesish koʻp miqdorda zararyetkazilishiga sabab boʻlsa, — “bazaviy hisoblashmiqdorining besh yuz baravaridan olti yuzbaravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuzoltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgachamajburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uchyilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan beshyilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan beshyilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi”;
Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqaoʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sababboʻlsa, — “bazaviy hisoblash miqdorining besh yuzbaravaridan olti yuz baravarigacha miqdordajarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuzsakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikkiyildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uchyildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uchyildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilishbilan jazolanadi”;
Mazkur qilmish uchun jinoyat qonunchiligidarag’batlantiruvchi norma ham nazarda tutilgan bo’lib, unga ko’ra, yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uchkarra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodliknicheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagijazo qoʻllanilmaydi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga yangi “1981-modda Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlariniberganlik, ulardan foydalanganlik, ularda bino-inshootlar qurganlik” uchun javobgarlik kiritilmoqda. Unga ko’ra:
Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish, ulardan foydalanish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriyjazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviyhisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuzbaravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uchyilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdanmahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻrmon fondi yerlarida qonunga xilof ravishda bino-inshootlar qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazoqoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviyhisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan besh yuzbaravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan beshyilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan beshyilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridanazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran; b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodiretilgan boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdanmahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karramiqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash vaozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazardatutilgan hollar mustasno”.
TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va
korrupsiyaga qarshi kurashish sho’basi
professori v.b., yu.f.f.d (PhD) A.Allanova