Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ekologik toza hududlarda kurort tabiiy hududlar va rekreatsiya zonalari rejimida belgilangan cheklovlar hamda taqiqlar bilan bir qatorda quyidagilar taqiqlanadi:
- ekologik tizimlarning barqarorligi buzilishiga va tabiiy landshaftlarning koʻrinishi hamda yer osti suvlarining gidrogeologik holati oʻzgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish;
- tabiiy obyektlarga va majmualarga salbiy taʼsir qiluvchi sanoat obyektlarining qurilishi va faoliyat koʻrsatishi;
- roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi plastik mahsulotlarning (bundan tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi (yetkazib berilishi va sotilishi).
Ekologik toza hududlarda davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida aniqlangan muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va majmualarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.