Mazkur qonunga ko‘ra, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar joriy etiladi.
Xususan, daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibini buzgan yuridik shaxslarga atrof-muhitga yetkazilgan zararning uch baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Shuningdek, suvlarni ifloslantirish yoki suv obyektlariga oqova suvlarni oqizish shartlarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovining 10 baravari miqdorida moliyaviy sanktsiyalar belgilandi.
Bundan tashqari, yuridik shaxslarga tegishli yoki ularga biriktirilgan hududlardagi daraxtlarni muhofaza qilish va saqlash bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni ko‘rmaganlik uchun atrof-muhitga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Qayd etilishicha, mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.