Mazkur hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi akademik aloqalarni kengaytirish, kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, ilmiy almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma talim tashabbuslarini ishga tushirishga qaratilgan.

Tadbirda ta'kidlanganidek, talim diplomatiyasi va inson kapitalini rivojlantirish ikki tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli kun tartibining muhim qismiga aylanib boryapti.

Imzolangan memorandum akademik mobillik va qo‘shma talim dasturlaridan tortib, iqtisodiyot va davlat boshqaruvining strategik muhim tarmoqlarida maqsadli stajirovkalar o‘tashgacha bo‘lgan keng ko‘lamli yo‘nalishlardagi hamkorlikni nazarda tutadi.

Xususan, O‘zbekiston vazirlik va idoralari, strategik davlat kompaniyalari, universitetlari, tahliliy markazlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining istiqbolli mutaxassislari uchun maqsadli stajirovka va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.

Tibbiyot sohasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. Kelishuv doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar Turkiyaning universitet klinikalari va laboratoriyalarida xirurgiya, neyroxirurgiya, onkologiya, stomatologiya, jigar transplantologiyasi singari yuqori texnologiyali tibbiy mutaxassisliklar bo‘yicha klinik stajirovkadan o‘tishi, ilmiy tadqiqotlar olib borishi va amaliy ko‘nikmalarini oshirishi mumkin bo‘ladi.

Hujjatning muhim qismi suniy intellekt va istiqbolli texnologiyalar (emerging technologies) sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan. Xususan, tomonlar kiberxavfsizlik, suniy intellekt, robototexnika va dron tizimlari sohalarida stajirovkalar hamda ixtisoslashtirilgan dasturlarni amalga oshirishga kelishib oldi. Turkiyaning yetakchi universitetlari, tadqiqot markazlari, texnoparklari, innovatsion «Hub» va kompaniyalari negizida amaliyotga yo‘naltirilgan talimni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston fuqarolarining Turkiya universitetlarining magistratura va PhD dasturlarida talim olish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida urg‘u beriib kelinyapti.

Bundan tashqari, tomonlar akademik aloqalarni rivojlantirish, innovatsiyalarni ilgari surish, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish va talim sohasidagi tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, davra suhbatlari, yozgi va qishki maktablarni birgalikda tashkil etishga kelishib oldi, deb xabar beradi «El-yurt umidi» jamg‘armasi mat buot xizmati.

Malumot uchun: Turkiya delegatsiyasi tarkibida mamlakatning yetakchi universitetlari, xususan, QS global reytingining Top-300 taligiga kiruvchi va Turkiyaning texnik fanlar bo‘yicha eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblangan Istanbul texnika universiteti va Yaqin Sharq texnika universiteti (muhandislik va neft qazib olish yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingida Top-10) rektorlari ham bor edi.