Shuningdek, Andijon viloyati Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi, 101 yoshni qarshilayotgan faxriy Umarali ota Atabayev holidan ham xabar olindi.
Uchrashuvlar samimiy va ehtirom ruhida oʻtib, faxriylar bilan suhbatlar tashkil etildi. Ularning urush yillaridagi mashaqqatli hayoti, front ortidagi fidokorona mehnati va jangovar jasorati alohida eʼtirof etildi.
Xususan, Odiljon ota Zokirovning hayot yoʻli alohida tilga olindi. U 1942 yil sentabrda harbiy xizmatga chaqirilib, Ukraina, Xarkov, Belgrad hamda boshqa yoʻnalishlardagi janglarda artilleriya boʻlinmasida razvedkachi sifatida xizmat qilgan.
Tadbirlar davomida harbiylar tomonidan faxriylar xonadonida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, uy-roʻzgʻor yumushlarida amaliy yordam koʻrsatildi.