Filippin janubida yuz bergan 7,8 magnitudali zilzila oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi jarohat oldi.

Phivolcs davlat seysmologiya agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila kuchi Xeneral Santos shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 7 ballgacha yetgan. Davao shahrida barcha darajadagi ishlar va darslar to‘xtatilgan. Zararni baholash ishlari olib borilmoqda.

Phivolcsning xabar berishicha, sunami to‘lqinlari oddiy suv oqimlaridan bir metrdan ko‘proqqa yuqorilashi va bir necha soat davom etishi mumkin.

Filippin Prezidenti kichik Ferdinand Markos tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo‘yicha Milliy agentlikka javob chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish vazifasini topshirdi, Ijtimoiy ta’minot departamentiga esa gumanitar yordam va evakuatsiya markazlarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, u Mindanaoning jabr ko‘rgan hududlarida ta’lim muassasalaridagi o‘quv mashg‘ulotlarini vaqtincha to‘xtatishni buyurdi, deb xabar berdi kommersant.ru.