Dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:38 da Filippindagi Mindanao oroli qirg‘og‘ida 7,8 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Avvalroq Filippin Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi 15 kishi halok bo‘lganini xabar qilgan edi.
“Dushanba kuni Mindanao qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 19 nafarga yetdi, deb xabar berdi Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi”, deyiladi telekanal xabarida.
ABS-CBNning xabar berishicha, boshqarmaning rasmiy vakili Juni Kastiloning so‘zlariga ko‘ra, Sokksksarxen hududida 16 kishi va Davao hududida uch kishi halok bo‘lgan.
Kastilo shuningdek, hozirda yetti kishi bedarak yo‘qolganini va 134 kishi jarohat olganini ta’kidladi, deb xabar berdi ria.ru.