Bu haqda Le Parisien gazetasi Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi chorshanba kuni mamlakatda Ebola virusi bilan kasallanishning ilk holati aniqlanganini tasdiqladi. Nashrda yozilishicha, virus Kongo Demokratik Respublikasidan qaytgan gumanitar tashkilot shifokorida qayd etilgan.
Bemor darhol ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yotqizildi va hozirda uning ahvoli barqaror.
Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Ebola epidemiyasi 15 may kuni Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida boshlangan. Mazkur mamlakatda tasdiqlangan Ebola holatlari soni 956 taga yetdi, 247 kishi vafot etdi. Qo‘shni Ugandada ham isitma bilan kasallanish holatlari va o‘lim holatlari mavjud, deb xabar berdi belta.by.