Virtual iborasi bilan raqamli iborasi yuqoridagi taʼrif orqali oʻzaro farqini aniqlashtirib olishimiz mumkin. Odatda raqamlashtirish iborasi harakatlarni 0 va 1 sanoq tizimi shaklda amalga oshirilganda ishlatishimiz mumkin. Raqamlashtirish iborasi virtual iborasidan kengroq tushunchadir. Raqamlashtirish iborasini protsessual harakatlarga nisbatan ham ishlatishimiz mumkin. Virtual sud majlisida sudya va sud majlisi ishtirokchilarning raqamli shakli orqali ishtirok etadilar. Sudga daʼvo arizalari esa raqamli shaklda taqdim qilinishi yoki hal qiluv qarorini platformadan yuklab olishi mumkin.
Bugungi kunda dunyo amaliyotida virtual sud yoki virtual sud majlisi iborasi keng qoʻllanilmoqda. Bundan kelib chiqadiki, virtuallashtirish sud majlisini oʻtkazishga nisbatan ishlatiladi. Bizga maʼlumki, ish yuritish bosqichlari: fuqarolik ishini qoʻzgʻatish, ishni sudda koʻrishga tayyorlash, sudda ishni koʻrish va hal etish, sud qarorlarini qonuniy, adolatli, asosli ekanligi ustidan shikoyat berish va ularni qayta koʻrish, sud qarorlarini ijro etishdan iborat. Ish yuritish bosqichlaridan biri boʻlgan ishni koʻrish jarayonini virtuallashtirish xorijiy davlatlarda virtual sud atamasini sud-huquq amaliyotida keng qoʻllanishiga olib kelmoqda.
Daʼvo arizasi va boshqa tegishli hujjatlar, masalan, ishonchnoma ariza bilan birga virtual sudga topshiriladi. Virtual sud muhokamasining barcha dalillarini tinglash uchun videokonferensaloqa va telekonferensiya qoʻllaniladi. Dalillarni taqdim etishni raqamli formatda amalga oshirish mumkin.
Nishta Garhvalning taʼkidlashicha, virtual sudlarda barcha sud majlisi ishtirokchining jismonan hozir boʻlmasligiga imkon beradi va masofadan ishlashga ruxsat beradi. Onlayn platformalarni qoʻllash orqali sud ishining barcha tartiblarini amalga oshirish mumkin boʻladi.
Shu sababli, hujjatlashtirishning barcha jarayonlari, sud protseduralari va dalillarni baholash mezonlari virtual sudlar orqali boshidan oxirigacha onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin va bu sud tizimini kompyuterlashtirish va raqamlashtirishda yordam berdi.
Hindistonlik olim Chitranjali Negi fikriga koʻra, virtual sudning eng katta afzallik jihatlari bu xarajatlarni tejash va xizmat koʻrsatish soatlarining davomiyligidadir.
Odatda sudlar jamoatchilik uchun faqat ish kunlarida ochiq boʻladi. Bu esa taraflarga ham sudga ish kunlarida murojaat qilishlariga sabab boʻladi.
Virtual sudlar ushbu toʻsiqni bartaraf qilib, sudlarga haftasiga yetti kun, 24 soat davomida elektron arizalar berish va fuqarolik sud ishlarini videokonferensaloqa orqali onlayn koʻrib chiqish mumkin boʻladi.
Virtual sudda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlislarida oʻz uylaridan yoki ofislaridan turib ishlashi mumkin. Bu esa sud binolarini saqlash bilan bogʻliq ortiqcha xarajatlarni tejashga imkon beradi.
Virtual sudlarning afzallik jihatlaridan biri bu- albatta, taraflarning oʻz uyi yoki ish joyida sud majlisida ishtirok etishidir.
Hindistonlik huquqshunos olim Roxit Baxalla quyidagilarni taʼkidlaydi, virtual sud geografik toʻsiqlarni yoʻq qiladi va sud zalidan foydalanish samaradorligini oshiradi[
Keyt Kaplan taʼkidlashicha, virtual sud - taraflarining sud majlisida jismonan ishtirok etmasa ham odil sud xizmatidan foydalanishidir. Virtual sudlar videokonferensiyalar va telekonferensiyalar bilan amalga oshiriladi.
Janubiy afrikalik huquqshunos Ayzett Knoyetzening fikriga koʻra, virtual sudning eng katta afzalliklaridan biri bu xarajatlarni tejash va xizmat koʻrsatish soatlarini chegaralanmaganligidir. Virtual sudlar sutkasiga 24 soat, haftasiga yetti kun davomida elektron ariza berish va sud majlislarini videokonferensaloqa orqali onlayn koʻrib chiqish mumkin. Virtual sudlarda taraflar oʻz ish joyidan sud majlisida ishtirok etish uchun ruxsat olishlari shart boʻlmaydi, chunki ular fuqarolik sud ishlarida oʻz uylaridan yoki ofislaridan qatnashishlari mumkin.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish sudlarga jismoniy shaxslarning murojaatini kamaytirdi.
Kelajakda sud majlislari videokonferensaloqa rejimi orqali barcha taraflar oʻzlari tanlagan joylardan sudga xavfsiz kirishi mumkin boʻladi. Sudlarni virtuallashtirish sud protsessi ishtirokchilari yoki sud xodimlarining sudga kelib ishtirok etishlarini talab qilmaydigan boʻladi.
Hind olimi Papiya Goldern quyidagilarni taʼkidlab oʻtadi. Virtual sudlar turli xil dasturiy taʼminot va vositalar yordamida masofadan turib ishlaydigan sudlardir. Virtual sudlarning asosiy maqsadi odamlarning sudda ishtirok etishini osonlashtiradi. Virtual sud ishlarini kechiktirilishini oldini oladi.
Veb-saytlar, mobil ilovalar va huquqiy tizimni kompyuterlashtirish uchun ishlatiladigan boshqa har xil dasturiy taʼminotlarni virtual sudlar komponentlarining bir qismi deyish mumkin.
Patel Amruta quyidagilarni taʼkidlab oʻtadi, virtual sudlarning kengayishi jamiyatning barcha aʼzolarini odil sudlovdan tez foydalanishini taʼminlaydi.
Elektron sudlar yordamida sud xizmatlarini koʻrsatish mexanizmi shaffof va tejamkor boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Maya Ashkenazining fikriga koʻra, virtual sud zallarini tashkil etishning bir qancha afzalliklari bor. Birinchidan, bu Covid-19 sharoitida sud jarayonlarni oʻtkazishga imkon beradi. Mamlakatda pandemiya tugagunga qadar sud majlislarini kechiktirish kabi jiddiy oqibatlarni oldi olinadi.
Virtual sud jarayonlari orqali oʻta muhim ishlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish imkonini beradi.
Ikkinchidan, baʼzi mamlakatlarda ommaviy maskanlar va sudlar ochilsa ham sudga jismonan kela olmaydigan odamlar bor. Masalan, ushbu davrda koʻproq xavf ostida boʻlgan odamlar (keksa odamlar va boshqalar) yoki karantinda boʻlganlar sudga kela olmaydi. Bu vaziyatlarda haqiqatan ham virtual sudlar keksalar, kasalmandalar karantin sharoitida saqlanayotgan shaxslarga protsessual huquqlarini amalga oshirishga imkoniyat manbai boʻlishi mumkin.
Vinsent Denaultning fikriga koʻra, pandemiya paytida Skayp yoki Zoom kabi dasturlar shoshilinch ishlarni koʻrib chiqishga imkon berdi. Shu bilan birga, bir nechta davlatlar pandemiya inqirozi tugaganidan soʻng ham virtual sudlar oʻz faoliyatini davom ettirishini eʼlon qilishdi. Bu esa fuqarolarning odil sudlovga erishishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Steven Kuxn virtual sudlarning afzilliklarini quyidagicha taʼkidlaydi:
-virtual sudlar ertalab yoki dam olish kunlari ham ishlashi mumkin;
- advokatlarning sud majlislarini kutishga kam vaqt sarflaydi. Bu esa ishonch bildiruvchining advokat uchun toʻlovlarini kamayishiga xizmat qiladi;
-advokatlar oʻzlarining ofislarida koʻproq vaqt oʻtkazishlari mumkin, bu esa advokat faoliyatining samaradorligiga olib keladi. Chunki sudga borish va kelish uchun kamroq vaqt sarflanadi hamda sud zallarida ishning chaqirilishini kutish kabi behuda vaqtni oldi olinadi.
Ayzett Knoyetzen va Steven Kuxnlarning fikrlariga qoʻshilishimiz mumkin, virtual sudlarining sud majlislarida taraflar bayram, dam olish kunlari hamda ishdan keyingi vaqtlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, bugun dunyoning koʻplab mamlakatlarida sudlarni virtuallashtirish jarayoni jadal tarzda olib borilmoqda. Fuqarolik sud ishlarini virtuallashtirish turli sharoitlarda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va manfaatlarini himoya qilishga zamin yaratgan boʻlar edi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga blokcheyn texnologiyasini tatbiq etilishi sud ishlariga inson omili ishtirokini kamaytirishga, korrupsiyaning oldini olishga, umuman olganda tashqi muhitni taʼsirini kamaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolik ishlarini raqamlashtirish natijasida:
-elektron shakldagi daʼvo arizasi, ariza, iltimosnomalar bir xillashtiriladi;
- shuningdek, taraflar sudlardagi shaxsiy kabinetida daʼvo arizasi (qarshi daʼvo arizasi) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi;
-taraflar sudning veb-sayti orqali har qanday elektron dalilni, yaʼni audio va videoyozuvlarni hamda rasmlarni yuborish imkoniga ega boʻladi;
- sudlarni raqamlashtirish orqali sud hal qiluv qarorlarini ham elektron ijroga yuborish imkoniyati vujudga keladi, elektron sud va elektron ijro mukammalashadi;
-har qanday fuqaro zamon va makonga qaramasdan buzilgan huquq va manafaatlarini sud orqali himoya qilishga erishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlarini raqamlashtirish mamlakatimizda odil sud tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Virtual sud majlislarini oʻtkazishning toʻgʻri tartibi yoʻlga qoʻyilsa, bu sud infratuzilmasi, sud xavfsizlik tizimini qurish va xodimlarning harajatlarini qisqartiriga yordam berishi mumkin. Virtual sudlar sud hokimiyati faoliyatining shaffofligi kuchaytiriladi hamda odil sudlovni amalga oshirish yanada oson va samarali boʻladi. Sud jarayonlari maʼlumotlari raqamli ilovalarda saqlanishi sababli maʼlumot almashish osonroq boʻladi.
Pirmatov Otabek,
TDYU “Fuqarolik protsessual va
iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi professor v.b.,
yuridik fanlari doktori (DSc),