Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.

Donald Trampning qayd etişiça, ötgan hafta Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Siddiqov va AQŞ Içki işlar vaziri Dag Burgum iştirokida ötkazilgan taqdimot marosimi çoğida «Marine One» vertolyotida uşbu ayvonlar ustidan uçib ötiş uning uçun alohida şaraf bölgan.

U özbek ustalarining mahorati va mehnatiga yuqori baho berib, ayvonlar 200 yillik toğ yonğoği yoğoçidan tayyorlanganini alohida taʼkidladi. Uning sözlariga köra, özbekistonlik hunarmandlar uşbu inşootlarni yaratiş uçun bir neça oy davomida oilalaridan uzoqda bölib, noqulay ob-havo şaroitida ham mehnat qilgan. Tramp ularni haqiqiy isteʼdod sohiblari deb atadi.

AQŞ Prezidentining taʼkidlaşiça, mazkur ayvonlarni şaxsiy mulk sifatida saqlab qoliş örniga, ularni jamoatçilik foydalanişi uçun taqdim etişga qaror qilgan. Ayni paytda ular Vaşingtondagi Tidal-Beysin suv havzasi sohilida, Jefferson memoriali va Vaşington monumenti körinib turadigan hududda joylaştirilgan.

Şuningdek, Donald Tramp bir yildan söng Milliy qahramonlar boği oçilişi bilan mazkur ayvonlar şaharning eng gavjum va diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanişiga işonç bildirdi. U yerda diplomatik qabullar, madaniy tadbirlar, Sakura gullaşi festivali doirasida esdalik suratlari hamda turli jamoatçilik tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan.

«Özbekistonlik mohir ustalar haqiqiy isteʼdod sohiblaridir! Ular uşbu gözal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etişdi. Bu ayvonlar çindan ham hayratomuz!» — deb yozdi Donald Tramp.

AQŞ Prezidenti, şuningdek, loyihani amalga oşirişda yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga minnatdorlik bildirdi.

Mazkur ayvonlar Özbekiston hunarmandlarining milliy meʼmorçilik anʼanalari va yuksak hunarmandçilik mahoratini Amerika jamoatçiligiga namoyon etuvçi öziga xos tuhfa böldi.