Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Guliston shahrida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi. Xususan, 2003 va 2005-yillarda tug‘ilgan 3 nafar mahalliy fuqaro ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga qayta ishlov berib, sotish bilan shug‘ullanishgan.

Xolislar ishtirokida ushbu manzildan 5 kg 863 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi, 100 ming dona bo‘sh kapsulalar, 2 dona elektron torozi, tibbiy qo‘lqoplar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.