Uning aytishicha, haddan tashqari baland ovoz sabab 140 ta tovuq nobud bo‘lgan, shu munosabat bilan fermer politsiyaga ariza bergan. Bu haqda mahalliy NDTV xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Sultanpur okrugida sodir bo‘lgan. To‘y marosimi didjey bilan birga shtatdagi qishloqlardan birida o‘tgan. Fermer Sobir Ali soat 21:30 atrofida kortej uning fermasi yonidan o‘tayotganda, baland shovqin tufayli 140 ta tovuqning yuragi to‘xtab qolganini ma’lum qildi.

"Shovqin shunchalik baland ediki, tovuqlar qo‘rqib o‘lib ketdi",deb xabar berdi NDTV, Alining politsiyaga bergan bayonotiga tayanib.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni huquqni muhofaza qilish organlari didjeyga qarshi ushbu ayblovlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Hozirda tergov olib borilmoqda. Kunning shu vaqtida ruxsat etilgan shovqin darajasi oshib ketganmi va bu parrandalarning o‘limiga bevosita ta’sir qilganmi yoki yo‘qmi aniqlanyapti.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yuqori chastotali tovush to‘lqinlari qushlar va hayvonlarda kuchli stressni keltirib chiqarishi mumkin, ko‘p hollarda yurak to‘xtashiga olib keladi.