Bu borada, avvalo, umumta’lim
maktablarida musiqa, tasviriy san’at va texnologiya darslari «art» o‘quv dasturi
asosida takomillashtirilishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalish bolani kreativ fikrlash,
jamoaviy ishlashga o‘rgatadi, unda estetik did, emotsional intellekt va innovatsion
tafakkurni shakllantiradi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har
bir viloyatdagi 10 tadan umumta’lim maktabida tajriba tarzida art yo‘nalishini
joriy qilish topshirildi.
Bunda
- 1-4-sinfda bolalar rasm, musiqa va o‘yinlar orqali ijodga, madaniyat va san’atga qiziqtiriladi,
- 5-7-sinf o‘quvchilariga ijodiy jamoada ishlash va o‘z fikrini erkin ifoda etish,
- 8-9-sinflarda dizayn, grafika va sun’iy intellekt orqali kreativ loyihalarni ishlab chiqish,
- 10-11-sinflarda ushbu loyihalarni tayyor mahsulotga aylantirish o‘rgatiladi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta
musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari
bilan bir xil bo‘ladi.
Endi umumta’lim va musiqa maktabi
o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni qay darajada ijro etishiga
qarab, 20 foizgacha ustama to‘lanadi.
Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million
o‘quvchini musiqa va san’atga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun
326 ta musiqa va san’at, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumta’lim maktablari
o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Musiqa va san’at maktablarining
ijodiy jamoalari umumta’lim maktablarida muntazam kontsert-tomosha dasturlari va
mahorat darslarini o‘tkazib borishi zarurligi qayd etildi.
Har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs
yo‘nalishida umumta’lim maktablari o‘rtasida tuman, viloyat, respublika darajasida
tanlovlar o‘tkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika bo‘yicha targ‘ib qilish,
saҳna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun 500 million so‘mdan
grant beriladi.
Shuningdek, respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va san’at oliygohlariga o‘qishga qabul qilinadi.