Reuters agentligi maʼlum qilishicha, zilzila Flores orolida, ayniqsa Maumere shahrida katta vayronagarchiliklarga sabab boʼlgan. Qutqaruvchilar Maumereda 20 kishining halok boʼlganini aniqlagan. Turar joy binolari, omborlar va maʼmuriy inshootlar vayron boʼlgan, elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan.
Zilzila epitsentriga eng yaqin Nagekeo hududiga qutqaruv guruhlari koʼchkilari va aloqa uzilishlari tufayli hozircha yetib bora olmagan. Bu yerda 2 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.
Kuchli yer silkinishlari Sharqiy va Gʼarbiy Nusa-Tenggara provinsiyalari hamda Janubiy Sulavesining ayrim hududlarida ham sezilgan.
Zilziladan soʼng sunami xavfi eʼlon qilingan, biroq keyinchalik ogohlantirish bekor qilingan. Qutqaruv ishlari murakkab hududiy sharoit va infratuzilmadagi zararlar tufayli davom etmoqda.