Tarix sahifalarini varaqlasak, 1989-yil 21-oktyabr sanasi el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kuraşib kelgan “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinişi bilan muhrlanganiga guvoh bölamiz. Bu qutluğ qadam mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligi sari qöyilgan dastlabki dadil odim edi. Aynan ana şu tarixiy hujjatga binoan ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega böldi. Istiqlol yillarida özbek tili tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurişdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuç sifatida maydonga çiqdi. Bugun Özbekistonimiz “Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari” degan boş tamoyil asosida taraqqiyotning yanada yuksak bosqiçiga kötarilmoqda.

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi örni va nufuzi tobora oşib bormoqda. Siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qöllanilayotgan tilimiz bugun xalqaro minbarlarda ham baralla yangramoqda.

Bugungi globallaşuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil va suveren davlat öz milliy manfaatlarini taʼminlaş, bu borada avvalo öz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini va ona tilini asrab-avaylaş hamda rivojlantiriş masalasiga ustuvor ahamiyat qaratişi tabiiydir. Özbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obrö-eʼtiborini tubdan oşiriş, unib-ösib kelayotgan yoşlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaş maqsadida Prezidentimizning 2019-yil 21-oktyabrdagi “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5850-son Farmoni qabul qilingan edi.

Aynan uşbu farmon ijrosini taʼminlaş bilan birga, özligimizni hamda milliy qadriyatlarimizni yuksak darajada qadrlagan holda bugun “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki direksiyasi” MÇJ (IT-Park) jamoasida davlat tilida iş yuritiş madaniyatini yuksaltiriş va xodimlarning yozma nutq savodxonligini yanada takomillaştiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda IT-Park mamlakatimiz taraqqiyotining drayveri sifatida eng şijoatli va eng yoş jamoalardan biri hisoblanadi. Taşkilotimizning hozirgi kundagi faoliyati global miqyosda nafaqat davlatimiz, balki butun dunyo bozorlarida şiddatli surʼatlarda ösib bormoqda. Uşbu körsatkiçlarning kunma-kun, soatma-soat yuksalişiga sababçi bölgan, bir neça xorijiy tillarda bemalol va ravon sözlaşib, xalqaro munosabatlar hamda hamkorlik köpriklarini mustahkamlayotgan ilğor, ğayratli va tajribali IT mutaxassislarimizning mehnatlari çin dildan tahsinlarga sazovordir!

Quvonarlisi, tizimimizda faoliyat yuritayotgan yuksak intellektual salohiyatli yoş mutaxassislarimiz xalqaro tillarda dunyo bilan erkin muloqot qiliş bilan bir qatorda, öz ona tilimizning boy jozibasi va nafosatini ham iş faoliyatlarida yuksak madaniyat bilan namoyon etib kelmoqdalar. Zero, global dunyoni raqamli texnologiyalar bilan zabt etayotgan şijoatli yoşlarimizning öz ona tillarida professional, mukammal va bekam-köst ijod qilişlari – IT-Park jamoasining öziga xos maʼnaviy qiyofasi, milliy ğururimizning raqamli olamdagi yorqin aksidir.

Eʼtiborlisi, davlat tilini eʼzozlaş va uning nufuzini oşiriş faqatgina içki iş yuritiş tizimi bilan çeklanib qolmayapti. Şiddatli surʼatlar bilan hayotimizga kirib kelayotgan raqamli transformatsiya jarayonlarida özbek tilining nufuzi va ravonligini saqlaş, uni global texnologiyalar bilan hamqadam etiş yölida IT-Park jamoasi strategik muvofiqlaştiruvçi markaz bölib xizmat qilmoqda. Aynan uşbu jamoaning tinimsiz amaliy va taşkiliy kömagi ostida bugun ekotizimimizda 18 ta ilğor rezident kompaniya samarali faoliyat körsatmoqda. Ular özbek tilini raqamli dunyoga mukammal integratsiya qiliş, uni sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalar tiliga aylantiriş böyiça mislsiz loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Bu esa milliy ğururimiz bölgan ona tilimizning global texnologik tarmoqlarda yaşab qolişi, taraqqiy etişi va kelajak avlodga raqamli meros bölib qolişi uçun qöyilayotgan ulkan poydevordir.

Xususan, uşbu yönalişda IT-Park jamoasi va fidokorona izlanayotgan rezidentlarimiz hamkorligida davlat tilini raqamlaştiriş borasida olib borilayotgan işlar bugun özining salmoqli mevalarini bermoqda. Mazkur raqamli loyihalar poydevorida özbek tilidagi jonli nutqni beğubor tinglab, insonga javob bera oladigan aqlli ovozli yordamçilar va zamonaviy çat-botlar ekotizimi, ona tilimizning imlo, grammatika hamda punktuatsiya qoidalarini onlayn rejimda benuqson nazorat qiluvçi raqamli himoyaçilar, şuningdek, tillararo köprik vazifasini ötovçi professional avtomatlaştirilgan tarjima tizimlari muvaffaqiyatli rivojlantirilmoqda.

Eng quvonarlisi, uşbu ğoyalar nafaqat rasmiy muloqotni, balki kelajagimiz bölgan yoş avlod dunyoqaraşini ham qamrab olib, bolajonlar uçun möljallangan interaktiv taʼlim platformalari hamda milliy folklorimizni tarannum etuvçi musiqiy raqamli multseriallar orqali yoş qalblarda ona tiliga bölgan çeksiz muhabbat va sadoqat tuyğularini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.

Köp til biliş bu bizning boyligimiz, dunyoga oçilgan eşigimiz va global bozordagi eng katta ustunligimizdir. Biroq özbek tili – bu bizning özligimiz, qalbimiz va milliy ruhimizdir! Kelajak texnologiyalarini yaratayotgan şijoatli IT-Park jamoasi va uning rezidentlari davlat tilini raqamlaştiriş va yozma nutq savodxonligi böyiça ham barçaga namuna bölişda davom etadi.

Fursatdan foydalanib, barça hamkasblarimizni va aziz yurtdoşlarimizni 21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni bilan çin qalbdan muborakbod etamiz! Tillari dunyoni, dillari özligini asragan qahramonlarimizga zafarlar yor bölsin!

Azamat KARAMATOV,

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari

Texnologik parki direksiyasi” MÇJ Boş direktori