Eng taşvişlisi, ayrim öpka kasalliklari yillar davomida asta-sekin rivojlanadi. Inson esa özining kundalik hayotini kasallikka moslaştirib, şifokorga murojaat qilişni ortga suradi. Oqibatda xastalik keç aniqlanişi mumkin.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, surunkali obstruktiv öpka kasalligi 2023-yilda dunyo böyiça 3,6 million insonning hayotiga zomin bölgan. Bu uni dunyodagi eng köp ölimga sabab bölayotgan kasalliklar qatoriga olib çiqqan.
Uşbu röyxatda yurak işemik kasalligi birinçi, insult ikkinçi, surunkali obstruktiv öpka kasalligi esa uçinçi örinni egallagan. Sönggi kasallikning özi bir yilda 3,6 million insonning hayotiga zomin bölgan.
Bundan taşqari, quyi nafas yöllari infeksiyalari ölim sabablari orasida törtinçi, traxeya, bronx va öpkaning xavfli ösmalari esa yettinçi örindan joy olgan. Demak, ölimga olib keluvçi 10 ta asosiy sababning uçtasi bevosita nafas oliş tizimi bilan boğliq.
Bu raqamlar öpka salomatligiga befarq bölmaslik kerakligini körsatadi. Xöş, SOÖK qanday kasallik? Nega u faqat çekuvçilarda uçramaydi? Özbekistonda nafas oliş aʼzolari kasalliklari bilan boğliq vaziyat qanday va ularning oldini oliş uçun nimalarga eʼtibor qaratiş lozim?
Özbekistonda nafas oliş aʼzolari kasalliklari köpaymoqda
Soğliqni saqlaş huzuridagi Kontent mediamarkazi taqdim etgan maʼlumotlarga köra, Özbekistonda 2024–2025-yillar davomida nafas oliş aʼzolari kasalliklari böyiça qayd etilgan kasallaniş körsatkiçi qariyb 3 foizga oşgan. Ayrim kasalliklar böyiça esa ösiş ança sezilarli bölgan. Xususan, pnevmoniya bilan kasallaniş körsatkiçi taxminan 2,6 barobarga ortgan.
Pnevmoniya nafaqat davolanişni, balki ayrim hollarda bemorni şifoxonaga yotqizişni ham talab qiladi. Surunkali öpka kasalliklari esa uzoq muddatli davolaniş va muntazam tibbiy nazoratni taqozo etadi.
Bunday kasalliklarning oqibati faqat tibbiy muammolar bilan çeklanmaydi. Bemorning iş qobiliyati pasayadi, kundalik faolligi çeklanadi, oilaviy xarajatlar ortadi. Ayrim hollarda inson odatdagi yumuşlarni bajarişda ham boşqalar yordamiga muhtoj bölib qolişi mumkin.
Şu bilan birga, kasallaniş statistikasiga ehtiyotkorlik bilan yondaşiş lozim. Rasman qayd etilgan holatlar kasalliklarning haqiqiy tarqaliş darajasini töliq aks ettirmasligi mumkin. Çunki bu körsatkiçlarga aholining tibbiy yordamga murojaat qilişi, diagnostika imkoniyatlari va kasalliklarni aniqlaş darajasi ham taʼsir körsatadi.
Şu bois kasallaniş körsatkiçlarining ösişini faqat havoning ifloslanişi yoki boşqa bitta omil bilan izohlaş töğri emas.
Inson kasallikka qanday könikib qoladi?
Öpka kasalliklarining ayrim turlari asta-sekin rivojlanadi. Dastlab inson zinadan kötarilganda biroz nafasi qisilişini sezadi. Keyinçalik odatdagi masofani bosib ötiş ham qiyinlaşa boşlaydi. Ertalabki yötal esa kundalik hayotning oddiy qismiga aylanadi.
Köpçilik bunday özgarişlarga jiddiy eʼtibor bermaydi. «Yoşim ötib qoldi», «ortiqça vaznim bor», «işdan çarçayapman» kabi izohlar bilan özini tinçlantiradi.
Asta-sekin inson kundalik hayotini ham özgartira boşlaydi: qisqaroq masofani tanlaydi, liftdan köproq foydalanadi, tez yurişdan qoçadi, faol dam olişni kamaytiradi.
Şu tariqa, kasallik belgilari tibbiy yordamga murojaat qilişdan ança oldin insonning hayot tarziga taʼsir körsata boşlaydi.
Aslida esa yötal, balğam ajralişi va nafas qisişi turli kasalliklarning belgisi bölişi mumkin.
Masalan, pnevmoniya — öpka töqimasining infeksion yalliğlanişi bölib, köpinça ötkir keçadi. Bronxial astmada nafas yöllari torayişi natijasida yötal, nafas çiqarişda huştaksimon tovuş va kökrak qafasida siqiliş kuzatiladi.
Surunkali obstruktiv öpka kasalligida esa nafas yöllarida doimiy özgarişlar yuzaga keladi, öpka töqimalari şikastlanişi mumkin. Natijada havoning bronxlar orqali ötişi, ayniqsa, nafas çiqariş qiyinlaşadi.
Kasallik rivojlangan sari hatto oddiy yuriş, uy işlari yoki kiyiniş kabi harakatlar ham bemor uçun oğirlaşişi mumkin.
Biroq nafas qisişini faqat öpka kasalliklari bilan boğlaş ham notöğri. U yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va boşqa holatlarda ham kuzatiladi. Şuning uçun aniq taşxis faqat tibbiy tekşiruvlar asosida qöyiladi.
Nega çekmaydigan insonlar ham xavf ostida?
Çekiş surunkali obstruktiv öpka kasalligi va öpka saratonining asosiy xavf omillaridan biri hisoblanadi. Tamaki tutuni nafas yöllarini şikastlaydi, yalliğlaniş jarayonlarini kuçaytiradi va öpka faoliyatining yomonlaşişiga olib kelişi mumkin.
Biroq öpka salomatligiga tahdid faqat sigaret çekuvçilar bilan çeklanmaydi.
Masalan, oila aʼzolaridan biri uyda yoki avtomobilda muntazam çeksa, boşqa insonlar ham tamaki tutunidan nafas olişga majbur böladi. Bu passiv çekiş deb ataladi. Ayniqsa, bolalar bunday taʼsirga nisbatan himoyasiz bölişi mumkin.
Yana bir muhim omil — mehnat şaroiti. Quriliş maydonlari, işlab çiqariş korxonalari va ayrim sanoat obyektlaridagi çang, kimyoviy buğlar hamda gazlar yillar davomida nafas yöllariga zarar yetkazişi mumkin.
Şu sababli iş joylarida şamollatiş tizimining töğri işlaşi, çang miqdorini kamaytiriş va şaxsiy himoya vositalaridan foydalaniş muhim ahamiyatga ega.
Maişiy şaroit ham bundan mustasno emas. Isitiş moslamalari va ovqat tayyorlaş jarayonida hosil böladigan tutun, yoqilğining yonişi natijasida ajraladigan zararli moddalar, şuningdek, xonadagi şamollatiş tizimining talab darajasida işlamasligi nafas oliş tizimiga salbiy taʼsir körsatadi.
Özbekiston şaroitida taşqi muhit bilan boğliq xavflar ham dolzarb. Jumladan, çang böronlari, Orolböyi hududidagi çang va tuz zarraçalarining kötarilişi, transport vositalari hamda sanoat korxonalaridan çiqadigan zararli moddalar havo sifatining yomonlaşişiga sabab bölişi mumkin.
Ifloslangan havo nafas oliş tizimidagi mavjud kasalliklarni oğirlaştirişi va salomatlik uçun xavfni oşirişi mumkin.
Demak, öpka salomatligini himoya qiliş faqat çekişdan voz keçiş bilan çeklanmaydi. Buning uçun uyda, iş joyida va taşqi muhitdagi zararli omillarni ham kamaytiriş zarur.
Öpka salomatligini asraş uçun nimalar qiliş kerak?
Eng avvalo, çekişdan voz keçiş muhim. Agar inson bu odatni mustaqil ravişda taşlaşda qiynalsa, şifokor bilan maslahatlaşib, tegişli yordam usullaridan foydalanişi mumkin.
Şuningdek, uyda va avtomobilda çekişga yöl qöymaslik, yaqinlarni passiv çekişdan himoya qiliş zarur.
Iş joyida mehnat muhofazasi talablariga rioya qiliş, tegişli himoya vositalaridan foydalaniş va belgilangan tibbiy köriklardan öz vaqtida ötiş lozim.
Uy şaroitida esa isitiş moslamalarining sozligini nazorat qiliş, xona havosini muntazam almaştiriş va yoniş mahsulotlarining taşqariga çiqarilişini taʼminlaş muhim.
Çang böronlari yoki havo kuçli ifloslangan kunlarda mahalliy tavsiyalarga amal qiliş, oçiq havoda oğir jismoniy maşğulotlarni çeklaş maqsadga muvofiq.
Infeksion kasalliklarning oldini oliş ham öpka salomatligini asraşda muhim örin tutadi. Gripp va pnevmokokk infeksiyasiga qarşi emlaniş zaruratini insonning yoşi va salomatlik holatini hisobga olgan holda şifokor bilan muhokama qiliş tavsiya etiladi.
Muntazam jismoniy faollik ham nafas oliş va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Biroq surunkali öpka kasalligi aniqlangan bemorlarda jismoniy maşqlar şifokor tavsiyasi asosida tanlanişi kerak.
Qaçon şifokorga murojaat qiliş kerak?
Quyidagi belgilar kuzatilsa, ularni oddiy holat deb qabul qilmaslik kerak:
- bir neça hafta davomida saqlanib qolayotgan yötal;
- muntazam balğam ajralişi;
- nafas çiqarişda huştaksimon tovuş eşitilişi;
- odatdagi jismoniy harakatlarda nafas qisişi;
- jismoniy faollikka çidamlilikning pasayişi.
Bunday holatlarda dastlab oilaviy şifokorga murojaat qiliş mumkin. Zarur bölsa, bemor pulmonolog körigidan ötkaziladi.
Surunkali obstruktiv öpka kasalligidan şubha qilinganda eng muhim tekşiruvlardan biri — spirometriya.
Spirometriya orqali insonning qança hajmda havo çiqara olişi va uni qanday tezlikda çiqarişi ölçanadi. Bu tekşiruv nafas yöllarida torayiş bor-yöqligini aniqlaşga yordam beradi.
Şu bilan birga, barça insonlar öz taşabbusi bilan kompyuter tomografiyasi yoki boşqa murakkab tekşiruvlardan ötişi şart emas. Tekşiruv turi bemorning şikoyatlari va tibbiy körsatmalar asosida şifokor tomonidan belgilanadi.
Muhim: tösatdan kuçli nafas qisişi, lablarning kökarişi, ongning çalkaşişi yoki havo yetişmasligi tufayli gapira olmaslik kabi holatlarda zudlik bilan 103 raqami orqali tez tibbiy yordam çaqiriş zarur.
«Erkin nafas»: bir hafta davomida öpka salomatligiga eʼtibor qaratiladi
Nafas oliş tizimi kasalliklarining oldini oliş va ularni erta aniqlaş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi 16–21-noyabr kunlari «Erkin nafas» haftaligini eʼlon qildi.
Taşabbus 21-noyabr — Butunjahon surunkali obstruktiv öpka kasalligiga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan taşkil etilmoqda.
Haftalik doirasida fuqarolarga öz poliklinikalari va pulmonologiya markazlarida qator tibbiy xizmatlardan foydalaniş tavsiya etilmoqda.
Jumladan:
- Malakali şifokorlar maslahati — nafas oliş tizimi salomatligini baholaş va zarur tibbiy tavsiyalar oliş;
- Spirometriya tekşiruvi — öpkaning nafas oliş funksiyasini baholaş va nafas yöllaridagi özgarişlarni aniqlaş;
- Zamonaviy rentgenologik tekşiruvlar — sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida tasvirlarni tahlil qiliş orqali öpkadagi ehtimoliy patologik özgarişlarni aniqlaşga kömaklaşiş.
Mazkur aksiya nafaqat nafas oliş bilan boğliq şikoyatlari bor insonlar, balki öz salomatligiga befarq bölmagan fuqarolar uçun ham muhim imkoniyatdir.
Albatta, tekşiruvlarning zarurati va turi şifokor tomonidan belgilanadi. Muhimi, kasallik belgilari paydo bölganda uning öz-özidan ötib ketişini kutib yurmaslik va öz vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilişdir.
Çunki soğlom öpka — faol hayot, mehnat qobiliyati va kundalik harakat erkinligining muhim şartlaridan biri.
«Erkin nafas» — soğlom nafas oliş, faol hayot keçiriş va öz salomatligingizga eʼtibor qaratiş sari muhim qadam!