Bu boʻyicha Prezidentning "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori belgilandi.

Qarorga koʻra:

  • ogʻir va nogironlikni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolalarda jarrohlik amaliyotini oʻtkazish;
  • 2,3 ming nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qoʻyilgan bemorlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularni davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish;
  • kamida 350 nafar bemorlarda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi bolalarning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti oʻtkaziladi:

  • etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar);
  • Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, kichik hajmli bolalar uylari hamda “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari;
  • Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan ota-onalarning farzandlari;
  • “Taskin Children’s Hospice” bolalar onkologik shifoxonasida davolanayotgan bolalar.

Shuningdek, 500 ta masjidda aholi uchun qulay sharoitlar yaratiladi, taʼmirlanadi hamda joylardagi qabristonlar obod qilinadi.
Muqaddas qadamdjolarni obodonlashtirish va mehr-saxovat tadbirlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar tashkil etiladi.