Amerikaning WTI markali nefti ham 0,82 dollarga oshdi va bir barreli 70,05 dollardan sotilyapti.

Rossiyaning Urals markali nefti ham qimmatlab, narxi 1,28 dollarga o‘sdi. Hozirda uning bir barreli taxminan 60,11 dollardan sotilmoqda.

Bundan avval neft narxi Fors ko‘rfazidagi keskinlik boshlanishidan oldingi darajagacha tushib ketgan edi. Bunga AQSh va Eronning 17 iyunda o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaganligi ta’sir ko‘rsatgan. Bu yangilikdan so‘ng bozor ishtirokchilari Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tashishga xavf tug‘ilmaydi, degan xulosaga keldi va neft narxiga bo‘lgan bosim kamaydi.

Shuningdek, 24-iyunda AQSh Kongressi Senati Vashington ma’muriyatini Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgan edi.

Biroq, 26-27-iyun kunlari e’lon qilingan sulhga qaramay, AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuv yana keskinlashib, tomonlar bir-biriga zarbalar berdi.

AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozida yuk kemasiga qilingan hujumga javoban Eron harbiy inshootlariga zarba berdi, deb xabar berdi Kazinform.