Mazkur grant Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Taqdim etilgan elektron doskalar Jizzax shahridagi 3-sonli texnikum, Jamoat salomatligi texnikumi hamda Forish tumanidagi texnikumga o‘quv va kasb-hunar o‘rganish jarayonlarida foydalanish uchun tuhfa etildi.
Zamonaviy elektron doskalardan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, multimedia materiallaridan foydalanish, taqdimotlar o‘tkazish hamda o‘quv jarayonini interaktiv shaklda olib borishda keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Bu sa’y-harakatlar ta’lim oluvchilarning darslarga qiziqishini oshirish, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Kasbiy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish yoshlarni mehnat bozori talablariga mos bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.