Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchilar o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun:

har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish uchun esa har yili 28-dekabrdan 17-yanvargacha Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Vakolatli organ ariza topshirish muddati tugagandan so‘ng 10 kun muddat ichida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, tegishli hujjatlar ushbu Reglamentga muvofiq bo‘lgan taqdirda, o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash to‘g‘risida xulosani yuboradi.

Boshqa ta’lim shaklidan hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga dual ta’lim shakliga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan xulosada noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi 15 kun ichida belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.