Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qilishicha, hodisa haqida xabar “112” yagona dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan. Maʼlumotga koʻra, togʻga chiqqan uch nafar fuqarodan birining oyogʻi lat yegani sababli unga qutqaruvchilar yordami zarur boʻlgan.

Xabardan soʻng Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirdi.

Qutqaruvchilar jabrlangan fuqaroga zarur amaliy yordam koʻrsatib, uni xavfsiz hududga olib chiqdi.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi ekani bildirildi.