Yoshlar esa vertikal holatni avtomatik ravishda saqlab qola oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, miyaga yuklamaning oshishi vestibulyar apparat faoliyatining yomonlashuvi bilan bevosita bog‘liq emas edi, bu esa hatto sog‘lom ichki quloq bilan ham markaziy asab tizimi resurslarining ulkan sarfini anglatadi, deb ta’kidlaydi science.mail.ru.
Vestibulyar apparat, bu – ichki quloqda joylashgan bo‘lib, muvozanatni his etishga, yuqori qayerdayu past qayerdaligini anglashga javob beradi. Bundan tashqari harakat davomida tanaholatini nazorat qiladi.
Dublin universiteti kolleji va ULB Neyrologiya instituti tadqiqot guruhi Limerik universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda yillar davomida muvozanatni saqlash nima uchun qiyinlashib borayotganining sabablaridan birini aniqladi. Ilgari keng tarqalgan fikrga zid o‘laroq, muammo nafaqat zaiflashgan vestibulyar apparatda, balki miyaning o‘zidagi fundamental o‘zgarishlarda ham mavjud.
Ushbu jarayonni o‘rganish uchun olimlar ko‘ngillilarning ikki guruhini to‘pladilar: 30 yoshgacha bo‘lgan 60 ga yaqin yoshlar va 65 yoshdan oshgan ishtirokchilar. Sinaluvchilar qattiq yuzaga yoki beqaror porolon blokiga qo‘yilib, ko‘zlarini ochiq va yopiq holda muvozanat saqlashga majbur qilindi. Bu vaqtda maxsus apparatura ularning miya faoliyatini qayd etib bordi, shuningdek, ichki quloq faoliyati tekshirildi.
Xulosalar juda ibratli bo‘lib chiqdi. Tadqiqotga rahbarlik qilgan doktor Tomas Legran asosiy mexanizmni tushuntirib berdi: "Keksalar miyaning ma’lum qismlarini ongli ravishda ishga solib, faol ravishda muvozanatni saqlashlari kerak. Bu protsessorning yuqori yuklama ostida ishlashiga o‘xshaydi. Shu bilan birga, yoshlar vertikal holatni avtomatik tarzda saqlab qoladilar, bunga aqliy kuch sarflamaydilar.
Tadqiqot qarishning ikkita muhim omilini aniqladi:
1. Keksa odamning miyasi muvozanat haqidagi ma’lumotni qayta ishlash uchun deyarli 50% ko‘proq vaqt talab qiladi.
2. Keksa ishtirokchi qanchalik kuchli tebrangan bo‘lsa, uning miya faolligi shunchalik yuqori bo‘lgan. Yoshlarda bunday qattiq qaramlik kuzatilmadi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, miyaga yuklamaning oshishi vestibulyar apparat faoliyatining yomonlashuvi bilan bevosita bog‘liq emas edi. Bu shuni anglatadiki, hatto nisbatan sog‘lom ichki quloqda ham markaziy asab tizimi yosh organizm uchun fon vazifasini bajarishda katta resurslarni sarflaydi.