To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,
– dedi Prezidentimiz.
Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi.
Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi.