Keniya Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 oktyabrda xabar berishicha, virusni yangidan yuqtirganlar orasida Ebola kasalligidan vafot etgan birinchi bemorning yaqin qarindoshi hamda unga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatgan uch nafar tibbiyot xodimi bor.

Bu haqda Keniya Sog‘liqni saqlash vazirligining sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha bosh direktori Patrik Amotning bayonotida ma’lum qilingan, deb xabar berdi Kazinform.

Mamlakatda kasallikning aholi orasida tarqalishining oldini olish choralari kuchaytirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Keniyada Ebola kasalligidan vafot etgan birinchi bemor Kongo Demokratik Respublikasida yashagan ushbu mamlakat fuqarosi bo‘lgan. Ayni paytda Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida kasallikning ilgari kuzatilmagan darajadagi avj olishi davom etmoqda.