Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.
Mazkur haftalik doirasida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan nuroniylar ishtirokida “Keksalik va ma’naviy meros” hamda “Keksalari e’zozlangan yurt” nomli kitoblar chop etilib, taqdimoti o‘tkazildi.
Tadqimot ochilish marosimida institut direktori, professor Nodira Egamberdiyeva shunday dedi:
– Keksa avlod vakillarini e’zozlash, hozirgi osoyishta kunlarimiz uchun sidqidildan mehnat qilgan insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni qadrlash xalqimizga xos hislatlardan sanaladi. Shu maqsadda biz mahalla hamda oilalarning tinch va osoyishta bo‘lishida aynan yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimizning uzoq yillik hayotiy tajribasiga tayanamiz. Ularning bosib o‘tgan samarali va sermazmun hayot yo‘llaridan o‘rnak olamiz. Yangi nashrdan chiqqan “Keksalik va ma’naviy meros” hamda “Keksalari e’zozlangan yurt” nomli kitoblarda ham aynan nuroniylarning hayotiy tajribalari aks ettirilgan.
Kitoblar taqdimoti: “Keksalik va ma’naviy meros”, “Keksalari e’zozlangan yurt”
Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalardagi tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirishga e’tibor qaratib kelinadi.
Özbekiston diplomatlari kömagida oğir xastalikka çalingan hamyurtimiz Fransiyadan davlatimizga qaytarildi
- O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi
- Dunyo bozorida kömir narxi bir tonna uçun 145 dollargaça kötarildi
- Samarqand tumanida “JETOUR X70” avtomobilida yonğin sodir böldi
- Muallifda gap köp
- Özbekiston Sarmişsoy petrogliflarini YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş uçun nominatsiya tayyorlamoqda
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi