Bu haqida «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga doir qonun loyihasida nazarda tutilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda muhokama qilindi va deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Taklif etilayotgan oʻzgartirishlar Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtashning nufuzi va jozibadorligini oshirish, malakali harbiy kadrlarni tayyorlash hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan.
Shuningdek, loyihada oliy harbiy va xorijiy oliy harbiy taʼlim muassasalarining uchuvchi mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilari bilan yangi kontraktlar tuzishning huquqiy asoslarini belgilash taklif etilmoqda.
Muhokamalarda kitobxonlik tanlovlarida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish ular oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish, maʼnaviy-intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Qayd etilishicha, uchuvchi mutaxassislarning kasbiy salohiyati va koʻp yillik tayyorgarligi hamda tajribasidan samarali foydalanish harbiy aviatsiyani rivojlantirish va Qurolli Kuchlarning professional salohiyatini oshirish imkonini beradi.