Vazirlar Mahkamasining 4 sentyabrdagi 466-son qarori bilan litsenziyalash sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Qaror bilan qoida buzarliklar to‘g‘risida vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, fuqarolar va yuridik shaxslar litsenziyalash, ruxsatnomalar hamda xabarnomalar berish tartibi buzilgani haqida vakolatli organlarning maxsus elektron tizimi yoki Adliya vazirligining mobil ilovasi orqali xabar berishi mumkin.
Ta’qdim etilgan xabar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Agar xabardagi ma’lumotlar tasdiqlansa va aybdor shaxsga vakolatli organ yoki sud qarori asosida jarima solinsa, xabar bergan shaxsga jarimaning 10 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.
Mazkur qaror 2026 yil 8 dekabrdan kuchga kiradi.