Sayl doirasida limonchilik sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati, mahalliy dehqonlar mehnatining samarasi va hosildor limonzorlar namoyish etildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda limonchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar tufayli yuzlab yangi issiqxonalar barpo etilmoqda. Ayniqsa, xonadonlarda limon yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar sonining ortib borayotgani sohaning iqtisodiy ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida “Turonbank” ATB vakillari tomonidan limonchilik sohasini rivojlantirishda bank tomonidan yaratilgan imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida fermerlar o‘zaro tajriba almashib, issiqxonalarda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, parvarish usullari hamda hosildorlikni oshirish yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar. Ishtirokchilar namunali limonzorlarni ko‘zdan kechirib, o‘z tajribalari bilan ham bo'lishdilar.
“Limon hosili sayli” — baraka, mehnat va fidokorlik bayrami!
Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Qumtepa MFYda limon yetishtiruvchilar, tadbirkorlar va soha mutaxassislari ishtirokida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi.
Dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga kredit beriladi
- “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Samarqandda tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan «Mercedes-Benz» haydovchisi jarimaga tortildi
- Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi
- Joriy yilgi minimal o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- “Afrosiyob” poyezdida unutib qoldirilgan barsetka egasiga qaytarildi
- "Yangiobod" qulayroq, xavfsizroq va shinamroq bozorga aylantiriladi