Sayl doirasida limonchilik sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati, mahalliy dehqonlar mehnatining samarasi va hosildor limonzorlar namoyish etildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda limonchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar tufayli yuzlab yangi issiqxonalar barpo etilmoqda. Ayniqsa, xonadonlarda limon yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar sonining ortib borayotgani sohaning iqtisodiy ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida “Turonbank” ATB vakillari tomonidan limonchilik sohasini rivojlantirishda bank tomonidan yaratilgan imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida fermerlar o‘zaro tajriba almashib, issiqxonalarda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, parvarish usullari hamda hosildorlikni oshirish yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar. Ishtirokchilar namunali limonzorlarni ko‘zdan kechirib, o‘z tajribalari bilan ham bo'lishdilar.
“Limon hosili sayli” — baraka, mehnat va fidokorlik bayrami!
Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Qumtepa MFYda limon yetishtiruvchilar, tadbirkorlar va soha mutaxassislari ishtirokida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Diyora Keldiyorova Oqtaudagi xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi
- Ikki kunda 200 nafardan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi
- Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi
- Xitoy Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida