Qirolicha tashrif davomida muzey bo‘ylab ekskursiya tashkil etilgani Imom Buxoriy hazratlarining hadishunoslik sohasidagi bebaho merosi va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini yanada teran anglashga xizmat qilganini, ayniqsa, muqaddas qadamjodagi onlar qalbida o‘chmas iz va unutilmas taassurotlar qoldirganini alohida ta’kidlaydi.

“Buyuk musulmon allomalarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini asrab-avaylash va dunyo bo‘ylab targ‘ib etish yo‘lidagi xayrli ishlaringizda Alloh taolo Sizga va O‘zbekiston xalqiga yor va madadkor bo‘lsin”, deydi Zoti Oliyalari.

Maktub yakunida Malayziya Qirolichasi Markaz jamoasiga va butun O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va kelgusi ezgu amallarda zafarlar tilaydi.

Zoti Oliyalarining minnatdorlik maktubi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyuk allomalarimiz merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish va millatlararo ilmiy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash borasida olib borilayotgan xayrli ishlarning yana bir yorqin e’tirofidir.