Kompaniya Toşkent şahri aholisiga ayni paytda isitiş mavsumiga faol tayyorgarlik körilayotgani va magistral tarmoqlarda suv aylaniş tizimini sozlanayotganini maʼlum qildi.

Bosimning özgarişi va suv oqimining yölga qöyilişi natijasida quvurlar devorlarida yoz davomida töplanib qolgan tabiiy çökindilar yuvilib çiqmoqda. Şu sababli ayrim xonadonlarda (ayniqsa, Mirzo Uluğbek tumanining Qorasuv, Feruza, Yalanğoç va boşqa mavzelarida) suv rangining vaqtinça özgarişi yoki yoqimsiz hid paydo bölişi mumkin.

Kompaniya bu holat aholiga noqulaylik tuğdirayotganini tuşunişini va muammoni bartaraf etiş ustida iş olib borayotganini bildirgan.

Hozirda brigadalar magistral tarmoqlarning asosiy tugunlarida turğun suvni qölda çiqarib yuborayotgani hamda tarmoqning ayrim qismlarini yuvayotganini maʼlum qildi.

"Agar xonadoningizga loyqa suv kelayotgan bölsa, uni özingiz oqizib yuborişingiz şart emas.

Şunçaki Telegram botimizorqali aniq manzilingizni (tuman, mavze, uy raqami) yuboring. Biz murojaatingizni darhol dispetçerlarga yönaltiramiz va mutaxassislarimiz taşqi tarmoq tugunida sizning hududingizga tegişli quvur qismini yuviş uçun yetib borişadi.

Vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraymiz. Tizimning imkon qadar tezroq meʼyoriy holatga kelişi va xonadonlaringizga issiqlik yetib borişi uçun barça zarur çoralarni körmoqdamiz!", deyiladi xabarda.