Yetakchilar zamonaviy mehmonxona majmuasida tashrif buyuruvchilar dam olishi va xalqaro tadbirlarni oʻtkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Mehmonxona 17,2 gektar maydonda joylashgan boʻlib, umumiy maydoni qariyb 30 ming kvadrat metr boʻlgan 120 dan ortiq xonali yetti qavatli binoni, basseyn, akvapark, sport va koʻngilochar infratuzilmani oʻz ichiga oladi.