Prognozlarga köra, keçki, tungi va ertalabki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça asosan «örtaça», ayrim vaqtlarda esa «sezgir guruhlar uçun nosoğlom» darajada bölişi kutilmoqda.

Milliy havo sifati indeksi böyiça körsatkiç asosan «yaşil», qisqa muddatlarda esa «sariq» darajada bölişi mumkin.

Global ob-havo prognoz modellariga köra, 5-noyabrga ötar keçasi 2–6 mm miqdorida yoğingarçilik kuzatiladi. Bu esa havodagi PM2.5 va PM10-mayda zarraçalari miqdorining kamayişiga va havo sifati yaxşilanişiga yordam berişi mumkin.

5-noyabr kuni ertalab havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi böyiça «örtaça», milliy indeks böyiça esa asosan «yaşil» darajada bölişi prognoz qilinmoqda.

Ayni paytda Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.