Tadbirda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sh.Adrian ham ishtirok etdi. Unda T. Hakala tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonning yangi mintaqaviy kursi tufayli mintaqada mutlaqo yangicha siyosiy muhit yaratilib, oʻzaro ishonch mustahkamlanayotgani, oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari oʻrnatilayotgani alohida qayd etildi. Bularning barchasi, shubhasiz, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida “strategik imkoniyatlar oynasini” ochishga koʻmaklashadi. Uchrashuv davomida, oliy martabali mehmonga mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti va uning faoliyati xususida batafsil maʼlumot berildi. Unga koʻra, Institutning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, barqarorlik va farovonlik muhitini yaratishda oʻzining amaliy taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat ekani qayd etildi. Shuningdek, turli sohalarda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarning istiqbollari hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ayni paytda MOXI va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi nufuzli ilmiy tahlil markazlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uchrashuv yakunlari boʻyicha, qoʻshma dasturlar va tadbirlar, shu jumladan tadqiqot ishlari, seminarlar, konferensiyalar, shuningdek Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida ekspert uchrashuvlarini tashkil etishga doir amaliy qadamlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yil 24-avgustda Markaziy Osiyo xalqaro institutida, Institut direktori Anvar Nasirov va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Teri Hakala oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Eron oliy rahbari davlat delegatsiyasiga muzokaralarda ishtirok etishga rozilik bildirdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ostonaga joʻnab ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti JSST bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi
- Yer resurslaridan foydalanishda yangicha yondashuvlar ko‘rib chiqildi
- Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi yanada takomillashtiriladi
- Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi missiyasi Oʻzbekistonga keladi
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi
- Prezidentimiz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Abduqodir Husanov “Manchester City”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi